Muhim

Prezident ayrim hokimlarning lavozimga loyiqligini körib çiqişni topşirdi

Matn24-aprel, 2026, 16:231 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Prezident ayrim hokimlarning lavozimga loyiqligini körib çiqişni topşirdi

Ayni paytda ötayotgan videoselektorda ayrim rahbarlar tadbirkorning masalasini hal qilişi örniga özini çetga olayotgani, muammo respublika darajasiga çiqsa, aybini berkitiş uçun özini oqlab yurgani tanqid qilindi.

Masalan, Nurafşon şahar hokimi byurokratiya sababli ikki yildan beri qurilişni boşlay olmagan tadbirkorga yordam beriş örniga qayerdan bu maʼlumot Prezident darajasigaça yetib borganini qidiriş bilan ovora.

Yoki Ğuzor, Narpay, Urganç, Yangiyöl, Çinoz tumanlari hokimlari tadbirkorlik infratuzilmasi uçun berilgan tayyor pulga haligaça loyiha boşlamagani körsatib ötildi.

Tegişli viloyatlar hokimlariga nomi aytilgan tuman hokimlari “aravasini torta olmayotgan bölsa”, bugunning özida lavozimiga loyiqligini körib çiqiş topşirildi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 1 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek