15-sentyabrdan 15-oktyabrgaça aksariyat poyezdlar qatnovi Toşkent-Janubiy vokzalidan amalga oşiriladi
🚉 Joriy yil 15-sentyabrdan 15-oktyabrgaça “Töqimaçi” hamda “Toşkent-yölovçi” temir yöl bekatlari oraliğidagi temir yölda texnik taʼmirlaş işlari olib borilişi munosabati bilan “Toşkent-Markaziy” temir yöl vokzalidan harakatlanib kelayotgan aksariyat poyezdlar qatnovi “Toşkent-Janubiy” temir yöl vokzalidan amalga oşiriladi.
Uşbu muddat içida “Afrosiyob” elektropoyezdlari, “Şarq” (Toşkent – Buxoro – Toşkent), “Nasaf” (Toşkent – Qarşi – Toşkent), “Özbekiston” (Toşkent – Andijon – Toşkent) hamda xalqaro yönalişlardagi “Toşkent – Volgograd – Toşkent”, “Duşanbe – Toşkent – Duşanbe” yölovçi poyezdlari reyslari “Toşkent-Janubiy” temir yöl vokzal hududidan amalga oşiriladi.
👉 @xushnudbek 👈


