Pedagoglarning kontraktda öqiydigan farzandlari uçun 30% çegirma joriy etilişi kutilmoqda
❗️Pedagoglarning kontraktda öqiydigan farzandlari uçun tölov-kontrakt summasiga 30% çegirma joriy etilişi kutilmoqda
Bu haqdagi qaror loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyildi.
Loyihaning asosiy jihatlari:
➖ pedagog deganda barça pedagoglar nazarda tutilmoqda, yaʼni taʼlim taşkilotida mehnat şartnomasi asosida taʼlim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oşiruvçi jismoniy şaxslar. Bunda stajining uzoq yil ekanligiga yoki toifasiga (masalan, oliy) qaralmaydi;
➖ faqat davlat oliygohida öqiyotgan bölsa, çegirma beriladi, xususiylarga çegirma yöq;
➖ faqat kunduzgi taʼlim şakli uçun çegirma beriladi, keçki, masofaviy yoki sirtqi uçun çegirma yöq;
➖ faqat bakalavriat bosqiçi uçun çegirma beriladi, magistraturaga çegirma yöq;
➖ qöşma taʼlim dasturlari uçun ham çegirma berilmaydi;
➖ super-kontrakt uçun çegirma berilmaydi;
➖ faqat Özbekiston fuqarolari uçun çegirma beriladi, xorijlik fuqaro yoki fuqaroligi bölmagan şaxslarga çegirma berilmaydi;
➖ çegirmani istalgan kursda oliş mumkin va eng asosiysi, har bir öquv yili uçun bir martadan uşbu çegirmadan foydalansa böladi. Boşqaça aytganda, 4 yil davomida har yili çegirma oliş mumkin;
➖ çegirma 1 yillik şartnoma summasidan hisoblanadi, masalan, yillik şartnoma summasi 15 mln söm bölsa, 4,5 mln söm çegirma beriladi va yillik summa 10,5 mln sömga tuşadi;
➖ çegirma oliş uçun har safar onlayn ariza beriş kerak böladi, özi avtomat hisoblanmaydi;
➖ talabaning otasi yoki onasi pedagog toifasidan çiqarilgan taqdirda keyingi öquv yilidan boşlab unga çegirma qöllaş töxtatiladi.
⌛️Muhokama 29-mayga qadar davom etadi.
👉 @xushnudbek 👈
- 6 Telegram Stars



