Özbekistonda uy hayvonlari identifikatsiya qilinib, röyxatga olinadi
🐄 Özbekistonda uy hayvonlari identifikatsiya qilinib, röyxatga olinadi
Bu böyiça qonun (ÖRQ–1079-son, 06.08.2025-y.) qabul qilindi.
🏛 Unga köra, Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş qömitasi mazkur sohada vakolatli davlat organidir.
⏳ Qonunda hayvonlarni identifikatsiya qiliş va röyxatga olişning quyidagi muddatlari belgilangan:
🔹 qoramol, qöy, eçki va tuyalar – tuğilganidan 14 kundan keyin;
🔹 otlar – tuğilganidan 4 oydan keyin;
🔹 itlar va muşuklar – tuğilganidan 3 oydan keyin.
🗓 Bunda hayvonlar körsatilgan muddatlar tugaganidan keyin 1 oydan keçiktirmay identifikatsiya qilinişi va röyxatga olinişi kerak.
📃 Saqlaş va (yoki) köpaytiriş maqsadida Özbekistonga olib kiriladigan hayvonlar olib kirilgan sanadan eʼtiboran 21 kundan keçiktirmay identifikatsiya qilinişi lozim.
👉 @xushnudbek 👈



