Özbekistonda koronavirusning yangi ştammi aniqlanmadi — SSV
❗️Özbekistonda koronavirusning yangi ştammi aniqlanmadi — SSV
Olimlar dunyo böylab kovidning XEC nomli yangi varianti tarqalayotganidan ogohlantirgaç, Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi raisining birinçi örinbosari Nurmat Otabekov bu böyiça maʼlumot berdi.
Unga köra, yangi ştamm kombinatsiya asosida paydo bölgan va ilk bor şu yil 15-iyunda Germaniyada aniqlangan. Hozirgaça u 27 mamlakatda röyxatga olindi.
ℹ️ Bu kasallik yengil va asoratsiz, aniqroği ÖRVI va grippga xos belgilar bilan keçmoqda. Faqat ayrim farqli alomatlari bor. Yengil nafas qisişi, davomli yötal, taʼm va hid biliş qobiliyati qisman yöqolişi, holsizlik kabi simptomlar şular jumlasidan.
Nurmat Otabekov COVID-19 ga qarşi vaksinalar zaxirasiga egaligimizni eslatib, Özbekistonda bu ştamm qayd etilmaganini maʼlum qildi.
👉 @xushnudbek 👈


