Özbekistonda 2025-yilda 19 mingga yaqin kişi ozodlikdan mahrum qilingan
❗️Özbekistonda 2025-yilda 19 mingga yaqin kişi ozodlikdan mahrum qilingan
Qayd etilişiça, 2025-yilda sudlar tomonidan 79 ming 554 nafar şaxsga nisbatan 63 ming 177 ta jinoyat işi körib çiqilgan.
Bunda sudlanganlar 63 ming 340 nafarni taşkil etib, şundan 18 ming 816 nafar şaxsga ozodlikdan mahrum qiliş va 43 ming 531 nafariga boşqa turdagi jazolar tayinlangan, 993 nafar şaxs şartli hukm qilingan.
Sudlanganlarning 55 ming 829 nafari erkak, 7 ming 511 nafari ayol, 23 ming 973 nafari yoşlar (şu jumladan, 2 ming 431 nafari voyaga yetmaganlar) va 2 ming 830 nafari 60 yoşdan oşgan şaxslar bölgan.
Şuningdek, 422 kişi şaxs oqlanib, reabilitatsiya qilingan, yaraşuv institutlari natijasida esa 13 ming 224 kişi jinoiy javobgarlikdan ozod etilgan.
Jinoyat işlarining salmoqli qismi Toşkent şahri, Farğona, Toşkent, Samarqand va Namangan viloyatlarida körilgan.
👉 @xushnudbek 👈
- 2 Telegram Stars

