Muhim

Özbekistonda 15-oktyabrdan 30-noyabrga qadar biznesni röyxatga oliş tadbiri ötkaziladi

Albom2-sentabr, 2026, 17:312 daqiqa0 koʻrish

❗️Özbekistonda 15-oktyabrdan 30-noyabrga qadar biznesni röyxatga oliş tadbiri ötkaziladi

Uning doirasida mamlakatda faoliyat yuritayotgan barça iqtisodiy birliklar xatlovdan ötkazilib, subyektlarning holati, tarkibi va iqtisodiyot tarmoqlari böyiça taqsimotiga aniqlik kiritiladi.

Korxona va taşkilotlar töğrisidagi statistik registrlar yangilanib, tanlanma kuzatuvlar uçun işonçli asos yaratiladi.

Sababi: Bugungi kunda kuzatilmaydigan iqtisodiyot uluşi 23 foizni yoki 246 trillion sömni taşkil etmoqda. Qişloq xöjaligida umumiy aylanmaning 60 foizi uşbu sektor hissasiga töğri keladi. Mehnat bilan band bölgan 15,2 million aholining 6,5 millioni yoki 42 foizining daromadlari rasmiy hisobda töliq aks etmayapti. Röyxatdan ötgan köplab kiçik va örta biznes subyektlari amalda işlamaydi yoki faoliyatini töxtatgan.

Mazkur holat halol işlayotgan va soliq majburiyatlarini töliq bajarayotgan korxonalar uçun nosoğlom raqobat muhitini yuzaga keltirmoqda. Har 4-5 sömlik iqtisodiy aylanmaning 1 sömi rasmiy statistika eʼtiboridan çetda qolmoqda. Uşbu faoliyatni tartibga soliş budjetga qöşimça önlab trillion söm tuşum taʼminlaş va kelgusida soliq yukini kamaytiriş imkonini beradi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek