Özbekiston Yaponiyada ötkazilayotgan «Expo 2025 Osaka» körgazmasida öz pavilyoni bilan iştirok etmoqda
🇺🇿🇯🇵 Özbekiston Yaponiyada ötkazilayotgan “Expo 2025 Osaka” körgazmasida öz pavilyoni bilan iştirok etmoqda
Expo körgazmasi 1851-yildan buyon ötkazib kelinayotgan bölib, unda dunyoning turli mamlakatlari öz yutuqlari, ilmiy-texnik innovatsiyalari, madaniyati, arxitekturasi va kelajakka oid ğoyalarini namoyiş etadi.
Bu galgi körgazma “Hayotimiz uçun kelajak jamiyatlarini loyihalaş” şiori ostida ötmoqda. Unda 170 dan ortiq davlatlar, jumladan Özbekiston ham 184 kun davomida öz pavilyoni bilan qatnaşadi.
Pavilyonimiz mavzusi – “Bilimlar boği” bölib, uning qurilişida Xiva Içan qalʼasidagi Juma masjididan andoza olingan.
Juma masjidida ğujum daraxti tösinlaridan yoğoç öymakorligi usulida tayyorlangan 213 ta ustun bölsa, Osakadagi Özbekiston pavilyoni qurilişida yapon sugi qarağayidan qilingan 268 ta ustun hamda özbek sopoli kabi ekologik yeçimlardan foydalanilgan.
👉 @xushnudbek 👈
- 2 Telegram Stars



