Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Diplomatiya

Özbekiston ukrainalik bolalarga 2 mingta öquv qurollari töplamini sovğa qildi

Foto17-iyun, 2025, 16:131 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

🇺🇿🇺🇦Özbekiston ukrainalik bolalarga 2 mingta öquv qurollari töplamini sovğa qildi

Öquv qurollari töplamlari ukrainalik 1-sinf öquvçilariga taqdim etilgan.

“Saxovatli gumanitar yuk – bölajak maktab öquvçilarimiz uçun ajoyib sovğa böladigan 2 mingta birinçi sinf öquvçisi töplami uçun alohida taşakkur.

Bunday yordam Ukraina uçun bebaho bölib, qöllab-quvvatlaşga muhtoj bolalarga umid va tabassumlar hadya etadi. Biz sizning insonparvarligingiz va oçiqligingizni çuqur qadrlaymiz! Birgalikda biz mustahkam kelajak quramiz”, – deyiladi Ukraina elçixonasi xabarida.

Avvalroq, şuningdek, Ukrainaning jangovar harakatlar bölib ötgan şaharlaridan 97 nafar bola dam oliş va reabilitatsiya uçun Özbekistonga olib kelingan edi.

Uşbu dastur asosida 12 kun davomida ularning ruhiy holatini tiklaş, jangovar harakatlardan çalğitiş va tinç muhitda hordiq çiqarişlari maqsad qilingandi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 5 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek