Özbekiston U20 terma jamoasi nimçorak finalda Isroil bilan öynaydigan böldi
Özbekiston U20 terma jamoasi nimçorak finalda 🇮🇱Isroil bilan öynaydigan böldi.
“C” guruhining 3-turida qitʼadoşlarimiz 🇯🇵Yaponiya terma jamoasi Isroildan alamli mağlubiyatga uçradi. Yaponlar 1:0 hisobida oldinda borişayotgandi, boz ustiga Isroil 68-daqiqada 1 kişi kam bölib qoldi. Yaponiyaga durang ham bemalol yetardi. Ammo 10 kişi bölib öynayotgan Isroil 76 hamda 90+2-daqiqalarda 2 ta gol urib, ğalabani ilib ketdi. Yaponlar esa turnirni tark etişga juda yaqin.
Özbekiston-Isroil bahsi 30-maydan 31-mayga (seşanbadan çorşanbaga) ötar keçasi tungi soat 02:00 da bölib ötadi.
Xudo xohlasa, yigitlarimiz uşbu bahsda ğalaba qozonsa, çorak finalda 🇧🇷Braziliyaga qarşi töp surişlari mumkin.
👉 @xushnudbek 👈

