Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Sport

Özbekiston U-17 jamoasi irodali kambek evaziga Ispaniya bilan durang öynadi

Albom16-noyabr, 2023, 16:362 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

🇺🇿Özbekiston U-17 jamoasi irodali kambek evaziga 🇪🇸Ispaniya bilan durang öynadi.

10 va 19-daqiqalarda ötkazib yuborilgan gollar evaziga 2:0 hisobida ortda qolayotgan ösmirlarimiz keyinçalik 45+4-daqiqada Behruz Şukrullayevning, 54-daqiqada esa Amirbek Saidovning gollari evaziga hisobni tenglaştirdi.

Şu bilan Özbekiston U-17 terma jamoasi Jahon çempionatining “B” guruhida 4 oçko bilan 3-örinni egalladi.

Musobaqa reglamentiga köra, 3-örinni egallagan eng yaxşi 4 ta jamoa ham keyingi bosqiçga çiqadi. Hozirça eng yaxşi körsatkiç bizda, lekin qolgan guruhlarda hali 3-tur öyinlari ötkazilmadi.

“E” guruhdagi 3-örin bizdan ötib keta olmasligi aniq. Demak, yana istalgan bitta guruhdagi 3-örin sohibi bizdan öta olmasa, yigitlarimiz play-off bahslarida öynaydi.

Menimça, katta ehtimol bilan ösmirlarimizning guruhdan çiqqani bugunning özidayoq aniq böladi. Çunki birozdan keyin öyinlari boşlanadigan “A” guruhda 3-örinni oladigan jamoada 4 oçko bölişi nazariy jihatdan deyarli imkonsiz.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek