Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Diplomatiya

Özbekiston TIV Ibrohim Raisiy bölgan vertolyot halokati yuzasidan bayonot berdi

Matn20-may, 2024, 00:341 daqiqa0 koʻrish

Özbekiston Taşqi işlar vazirligi bayonoti:

"Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy bölgan vertolyotning favqulodda qöndirilişi töğrisidagi xabarni çuqur taşviş bilan qabul qildik.

Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi vertolyot yölovçilari, jumladan Eronning yuqori martabali vakillari taqdiri haqidagi maʼlumotlarni diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Barça yölovçilar tez orada soğ-salomat topilişiga umid qilamiz. Özbekiston tomoni zarurat bölişi bilan Eronlik döstlarimizga barça yordam körsatilişiga töliq tayyorligini bildiradi", — deyiladi TIV bayonotida.

Maʼlumot uçun: bugun Eron prezidenti Ibrohim Raisiy va Eron taşqi işlar vaziri Husayn Amir-Abdullohiyan bölgan vertolyot favqulodda "qattiq qönişni" amalga oşirgan (halokatga uçradi desa ham böladi).

Raisiy Şarqiy Ozarbayjonga safar qilib, u yerda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uçraşib qaytayotgan edi. Hodisa sodir bölgan toğli hududda noqulay ob-havo bölib turgani sababli, qutqaruvçilar hozirgaça vertolyotni topa olişgani yöq.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek