Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Tezkor

Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi bayonoti

Matn30-sentabr, 2022, 08:541 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

⚡️ Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi bayonoti

Sönggi vaqtlarda fuqarolardan Ukraina atrofidagi vaziyat böyiça ayrim masalalarga oydinlik kiritiş maqsadida murojaatlar köpayganligi munosabati bilan Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi quyidagilarni maʼlum qiladi.

Özbekiston Respublikasi özining taşqi siyosatini amalga oşirişda milliy manfaatlarga, asosiy tamoyillar sanaluvçi, jumladan, oçiqlik, teng huquqlilik, suverenitet, hududiy yaxlitlikni hurmat qiliş, boşqa davlatlarning içki işlariga aralaşmaslik kabi ustuvorliklarga doimo sodiqdir.

Özbekiston mavjud vaziyatni xalqaro huquq normalaridan kelib çiqib siyosiy-diplomatik yöl bilan hal etiş uçun şartlarni imkon qadar tezroq işlab çiqiş tarafdoridir.

Özbekiston Respublikasi hududiga kelayotgan Rossiya Federatsiyasi fuqarolari sonining köpayişiga töxtaladigan bölsak, ularning mamlakatimizda böliş masalasi, şuningdek, ehtimoliy ekstraditsiya qilinişi Özbekiston qonunçiligi, ikki tomonlama va köp tomonlama huquqiy hujjatlar asosida tartibga solinişini qayd etamiz.

Şu bilan birga, huquqbuzarlik sodir qilmagan xorijiy davlat fuqarolari majburiy deportatsiya qilib yuborilmaydi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek