Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Diplomatiya

Özbekiston delegatsiyasi Afğoniston muvaqqat hukumati vakillari bilan uçraşuvlar ötkazdi

Video23-mart, 2023, 10:301 daqiqa0 koʻrish

Özbekiston delegatsiyasi Afğoniston muvaqqat hukumati vakillari bilan uçraşuvlar ötkazdi. 

Kobulda ötgan muzokaralarda özaro savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytiriş, Afğoniston hududi orqali turli tranzit yuklarni taşiş hajmini oşiriş kabi masalalar muhokama qilingan.

«Termiz–Mozori-Şarif–Kobul–Peşovar» temir yölini quriş, «Surxon–Puli-Xumri» yönalişi böylab elektr tarmoğini tortiş masalalari alohida körib çiqilgan.

Ayollar huquqlarini hurmat qiliş va himoya qiliş, qizlarning Afğonistonda taʼlim olişini taʼminlaş, şuningdek, Termiz şahridagi Taʼlim markazi negizida afğon kadrlarini tayyorlaş zarurligi taʼkidlangan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek