Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Özbekiston 10 ta Airbus tibbiy vertolyotini sotib olişi mumkin

Albom4-noyabr, 2023, 15:302 daqiqa0 koʻrish

Özbekiston 10 ta Airbus tibbiy vertolyotini sotib olişi mumkin

Özbekiston–Fransiya biznes forumida Airbus Helicopters kompaniyasi bilan 10 ta Airbus H145 rusumidagi tibbiy vertolyot xarid qiliş böyiça muzokara ötkazilgan.

Şuningdek, uçraşuvda Özbekistonda tibbiy aviatsiya xizmatini taşkil etiş, mutaxassislar tayyorlaş, toğli va çekka hududlarda tibbiy aviatsiya xizmatini yölga qöyiş böyiça ham söz borgan.

Airbus H145 örta uzoqlikdagi masofaga uçadigan köpmaqsadli vertolyot bölib, undan tibbiy operatsiyalar, yölovçi taşiş, qidiruv-qutqaruv jarayonlari uçun foydalaniladi. Vertolyotning taxminiy narxi: $7,9 mln – $9,7 mln.

Eslatib ötamiz, Şavkat Mirziyoyev 2021-yilda toğli va olis hududlar uçun tibbiy vertolyot faoliyati yölga qöyilişi, buning uçun kelgusi beş yilda byudjetdan 2,1 trillion söm ajratilişini aytgandi.

Oktyabr oyida Rossiyaga rasmiy taşrif bilan borgan Özbekiston rahbariga “Ansat” rusumli tibbiy vertolyot namoyiş etilgandi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek