Muhim

Ovoz yiğişga majburlaş majburiy mehnatga jalb qiliş sifatida baholanadi

Matn10-aprel, 2023, 19:111 daqiqa0 koʻrish

❗️Prezident qarori: "Taşabbusli byudjet" uçun ovoz yiğişga majburlaş majburiy mehnatga jalb qiliş sifatida baholanadi

Bugun Şavkat Mirziyoyev "Taşabbusli byudjetlaştiriş amaliyotini yanada takomillaştiriş hamda faol mahallalarni qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida"gi qarorni (PQ-117, 10.04.2023 y.) imzoladi, deya xabar bermoqda ÖzA.

Qarorga köra, taşabbusli byudjetlaştiriş jarayonlari doirasida byudjet taşkilotlarining rahbar xodimlari tomonidan majburiy ovoz yiğiş böyiça xodimlarga topşiriq berişlari taqiqlanadi. Bunda, majburiy ovoz yiğişga majburlaş tegişli taşkilot xodimlarini majburiy mehnatga jalb qiliş sifatida tasniflanadi.

Şuningdek, taşabbusli byudjet jarayonida ovoz töplaş va ğoliblarni aniqlaş mexanizmini tanqidiy körib çiqiş, jumladan keng jamoatçilik bilan muhokama qilgan holda takliflar işlab çiqişni nazarda tutuvçi çora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek