Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

«Osmondagi bolalar» loyihasi haqida bilsangiz kerak

Matn30-iyul, 2022, 11:491 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

“Osmondagi bolalar” loyihasi haqida bilsangiz kerak. YouTube’da asosan taʼlim, ilm mavzularida intervyular taşkil qilişadi.

Loyiha asosçisi Temurbek Adhamov ançadan buyon intervyuga çaqirib kelardi, lekin hali u, hali bu bölib, ortga surilib ketdi. Alloh nasib qilgani şu paytga ekan, keça uşbu suhbatning premyerasi bölib ötdi.

Dam oliş kunlari vaqtingiz bölsa, körişingiz mumkin. Umid qilamanki, ketkazgan vaqtingizga açinmaysiz. Siz uçun ooozgina bölsa ham foydali bölsa, bundan boşim kökka yetadi.

Temurbek nima qildi hayronman, lekin ançadan buyon içimda saqlab kelgan, heç qayerda oçiq eʼlon qilmagan ayrim sirlarimni ham beixtiyor aytib qöyibman. Balki muhit yoqqanidandir.

Suhbatni tomoşa qiliş:
📺 https://youtu.be/WnNWCkWiiBg

❗️Aytgança, “Osmondagi bolalar” şartlariga köra, YouTube’da qoldirilgan eng yaxşi izohlarga javob berib boraman.

Va asosiysi 1 oydan söng 10 nafar eng yaxşi komment mualliflari bilan Zoom orqali suhbat taşkil qilinadi. Lekin taklifim, agar öşa mualliflar Toşkentda bölsa yoki Toşkentga keliş imkoni bölsa, yaxşisi birga tuşlik/keçki ovqat ustida suhbat quramiz. Uzoqdagilar bilan Zoom qila qolamiz.

Barçangizga maroqli tomoşa tilayman.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek