Oşqozon osti bezining metastatik saratonini davolaşda ikki baravar samaraliroq preparat yaratildi
❗️Oşqozon osti bezining metastatik saratonini davolaşda ikki baravar samaraliroq preparat yaratildi
Amerika Klinik onkologlar jamiyatining yillik yiğilişida yangi “Daraxonrasib” nomli dori vositasining sinov natijalari eʼlon qilindi.
Unga köra, oşqozon osti bezi saratonining rivojlangan bosqiçida anʼanaviy kimyoterapiya yordamida davolaş usulida bemorlar örtaça 6,7 oy umr körgan bölsa, yangi dori vositasini qabul qilganlarning umr köriş davomiyligi 13,2 oygaça uzayib, ölim xavfi 60 foizgaça kamaygan.
Uşbu natija eʼlon qilingan vaqtda, zaldagi minglab onkologlar örinlaridan turgan holda köz yoşlar bilan olqişlaşdi. Yangi preparat oşqozon osti bezi saratonini davolaşda haqiqiy inqilob sifatida baholanmoqda.
ℹ️ Maʼlumot uçun, saratonning bu turi boşqa saratonlarga nisbatan eng past yaşab qoliş körsatkiçiga ega bölib, 5 yil umr köriş ehtimoli 7 foizdan kamroqni taşkil etadi.
👉 @xushnudbek 👈
- 2 Telegram Stars



