Öquv markazlarida IT sohasini örganiş uçun ham taʼlim krediti beriladi
❗️Öquv markazlarida IT sohasini örganiş uçun ham taʼlim krediti beriladi
Hukumatning tegişli qarori (№79, 27.02.2023y) bilan, nodavlat taʼlim taşkilotlarining öquv kurslarida yoşlarning axborot texnologiyalari sohasida tahsil olişi uçun taʼlim krediti ajratiş tartibi töğrisida nizom tasdiqlandi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
Qarorga köra, taʼlim krediti:
— bazaviy hisoblaş miqdorining 65 baravarigaça (bugungi kunda 19 mln 500 ming söm) miqdorda;
— Markaziy bankning asosiy stavkasida (bugungi kunda 15%);
— bir yillik imtiyozli davr bilan 4 yil muddatga;
— har yili 5 ming nafargaça yoşlarga beriladi.
"Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kirgan oila farzandlari uçun garov va kafillik talab etilmaydi.
👉 @xushnudbek 👈



