Oliygohga öqişga kirgan askarlar harbiy fakultet talabalariga tenglaştirilib, zaxiradagi leytenant böladi
❗️Oliygohga öqişga kirgan askarlar harbiy fakultet talabalariga tenglaştirilib, bitirgaç, zaxiradagi leytenant unvoni beriladi
Şavkat Mirziyoyev keça, 6-aprel kuni harbiy xizmatçilarni qöllab-quvvatlaş böyiça takliflar bilan tanişib, tegişli qarorni imzoladi.
⬇️ Unga köra, 2026/2027-öquv yilidan boşlab muddatli harbiy xizmatga çaqirilgan yoşlarga quyidagi imtiyozlar beriladi:
➖ Muddatli harbiy xizmatçilar uçun harbiy xizmat davrida oliygohlarga öqişga kirib, masofaviy taʼlim oliş imkoniyati yaratilmoqda. Bunda askarlar uçun harbiy qismlarda abituriyentlarni tayyorlaş kurslari taşkil etilib, kiriş imtihonlariga tayyorlaş tizimi yölga qöyiladi;
➖ Kontraktga öqişga qabul qilingan askarlarga esa foizsiz imtiyozli kreditlar ajratiladi;
➖ OTMga qabul qilingan askarlar harbiy fakultetlar talabalariga tenglaştirilib, öqişni tamomlagandan söng ularga zaxiradagi leytenant harbiy unvoni beriladi;
➖ Namunali xizmat ötagan, respublika va xalqaro sport musobaqalari hamda fan olimpiadalarida birinçi örinni egallagan askarlarni test sinovlarisiz öqişga qabul qiliş tartibi belgilanmoqda.
👉 @xushnudbek 👈



