Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Fikr

«Noyabr oyida Samarqanddagi talabalarga taʼtil beriliş ehtimoli qanaqa?», deb savol berişmoqda

Matn30-oktabr, 2022, 10:362 daqiqa0 koʻrish
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzTurkiy davlatlar taşkiloti sammiti munosabati bilan Samarqandda talabalarga taʼtil berilişi haqidagi xabarlar yuzasidan rasmiy qaror hozirça mavjud emas.

“Noyabr oyida Samarqanddagi talabalarga taʼtil beriliş ehtimoli qanaqa?”, deb savol berişmoqda.

Bu böyiça şaxsiy fikrim quyidagiça:

1 kunlik sammit uçun 1 oyga javob berilişi notöğri va katta ehtimol bilan bunaqa qilinmasa kerak (qilinmasligi ham kerak).

Birinçidan, agar gap xavfsizlik haqida ketayotgan bölsa, unda nafaqat talabalar, balki maktab, texnikum, kollej, litsey öquvçilariga ham taʼtil beriş kerak böladi. Samarqandda salkam 200 ming nafar talaba va öquvçilar bor. Bu juda katta raqam. Bunça odamni bezovta qiliş töğri emas.

Ikkinçidan, Samarqandda boşqa viloyatlardan kelib öqiydigan talaba-öquvçilar ham köp. Ularning uyiga borib-qaytiş xarajatlari ham kiçkina bölmaydi. Bu aholiga qöşimça yuk bölişi aniq.

Uçinçidan, Alloh saqlasinu, mabodo talaba-öquvçilar uyiga borib-qaytayotganda yölda biror halokat bölsa, unda bu Turkiy davlatlar taşkiloti uçun bir umrlik doğ bölib qoladi. Sammitni deb şunaqa bölgandi, deb eslab yurişadi.

Törtinçidan va eng muhimi — taʼlim öyinçoq emas. 1 kunlik sammit uçun 1 oylab javob berib yuborilaversa, normal taʼlim tizimi va rivojlangan jamiyat qura olişimizga közim yetmaydi.

Şunga köra, katta ehtimol bilan sammit sababli uzoq yoki qisqa muddatli taʼtil berilmasa kerak. Ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar hozirça miş-miş.

Nari borsa, agar juda zaruriyat tuğilsa, balki sammit ötadigan sana — 11-noyabr, juma kuni darslar bekor qilinişi mumkindir, lekin unga ham ehtiyoj bölmasa kerak. Uzluksiz taʼlimni töxtatmaslik kerak.

Xullas, şunaqa gaplar.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek