Muhim

Norasmiy bandlikni 1 oyda bartaraf etgan iş beruvçilar javobgarlikdan ozod etiladi

Matn9-fevral, 2026, 17:001 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Prezident qarori bilan:

➖ Endilikda norasmiy bandlik holati aniqlanganda “Yagona milliy mehnat tizimi” IDAKda iş beruvçilarning şaxsiy kabinetlariga Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan ogohlantiriş xati yuboriladi;

➖ Iş beruvçilar tomonidan aniqlangan qonunbuziliş holati 3 iş kuni içida ixtiyoriy ravişda bartaraf etilmagan taqdirda, uşbu holat tegişli korxonalar va taşkilotlarda Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan tekşiriş ötkaziş uçun asos hisoblanadi;

➖ Norasmiy bandlik holati aniqlangan kundan boşlab 1 oy muddat içida iş beruvçilar xodimlar bilan mehnat şartnomasini rasmiylaştirib, hisoblangan oylik iş haqlarini töliq tölab bergan taqdirda, ular maʼmuriy javobgarlikdan ozod etiladi;

➖ 2026-yil 1-martdan tadbirkorlarning barqarorlik reytingini aniqlaşda quyidagi qonunbuziliş holatlari ballarni kamaytiruvçi qöşimça mezon sifatida belgilanadi:

🔹 tasdiqlangan norasmiy bandlik holatlari;

🔹 xodimlarga mehnatga haq tölaşning eng kam miqdoridan past oylik iş haqlarining hisoblanişi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 2 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek