Sport

Nodirbek Abdusattorov Çampions Chess Tour-2023 turnirida 3-örinni egalladi

Foto15-dekabr, 2023, 08:301 daqiqa0 koʻrish

🇺🇿Nodirbek Abdusattorov Çampions Chess Tour-2023 turnirida 3-örinni egalladi

Hamyurtimiz afsuski 🇺🇸Uesli So ustidan ğalaba qozona olmadi. 1-setda yutgan Nodirbek, 2-setda 2,5:1,5 hisobida mağlub böldi.

Şundan söng, 3-setga start berildi. Dastlabki 2 ta partiya durang bilan tugagaç, Armageddon, yaʼni hal qiluvçi tay-brek öyiniga navbat keldi. Qora donalarda raqibidan 5,5 daqiqa kamroq vaqt bilan öynagan Nodirbek yaxşi pozitsiyada edi, durang ham uni qanoatlantirardi. Ammo bittagina, atiga bittagina xato yuriş natijasida ustunlikni berib qöydi. Tajribali Uesli So bu imkonni qöldan bermadi hamda ğalaba qozonib, finalga çiqdi.

Ikkinçi yarim finalda 🇳🇴Magnus Karlsen ortiqça qiyinçiliksiz 🇺🇸Fabiano Karuana ustidan ğalaba qozondi.

Nodirbek hamda Fabiano turnirda 3-örinni qölga kiritdi va har biri 50 ming AQŞ dollari miqdorida mukofot oladi.

Turnirdagi super iştirok va hayajonli damlar uçun Nodirbekka katta rahmat! Barakalla! Endi Samarqandda böladigan rapid va blits böyiça Jahon çempionatida ham unga omad tilaymiz.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek