Navoiy şahridagi 2-maktabda ommaviy ravişda öğil bolalarning soçini olişgan
Navoiy şahridagi 2-maktabda ommaviy ravişda öğil bolalarning soçini olişgan
Holat bugun, 23-fevral kuni bölgan.
KunUz manbasiga köra, maktab direktori Nurqobil Yusupov taşabbusi bilan maktabga sartaroş çaqirilgan hamda turli sinflardan öğil bola öquvçilar sport zalga yiğilib, soçi olingan. Jarayonni milliy gvardiya xodimlari ham kuzatib turgan.
Viloyat boşqarma boşliğining munosabati
Navoiy viloyati Maktabgaça va maktab taʼlimi boşqarmasi boşliği Raʼno Hayitova bu holatni umuman oqlab bölmasligini, bunday direktor işda qolişi ham mumkin emasligini, maktabda öquvçining soçiga tegiş pedagogning etika qoidasiga zidligini taʼkidlagan.
Milliy gvardiya munosabati
Navoiy viloyati Milliy gvardiya boşqarmasi matbuot kotibi Ramazon Kubayevning taʼkidlaşiça, milliy gvardiya xodimlari maktab direktorining bu taşabbusiga qarşi bölişgan.
Bolalar ombudsmanining munosabati
Bolalar ombudsmaniga köra, holat ombudsman tomonidan örganilmoqda va bu kabi nomaqbul holatlarning boşqa taʼlim muassasalarida yuzaga kelmasligi böyiça çoralar körilmoqda.
"Maktab maʼmuriyati tomonidan bunday harakatlarga mutlaqo yöl qöyib bölmaydi. Birinçi navbatda, bu umumiy örta taʼlim muassasalarining odob-axloq qoidalariga zid. Muhimi esa, bu bolaning Konstitutsiyada kafolatlangan şaxsiy daxlsizlik huquqi hamda uning şaʼni va qadr-qimmati hurmat qilinişi huquqiga tahdid soladi. Mazkur harakatga yöl qöygan masʼullarga nisbatan tegişli çora körilişi zarur", — deyiladi munosabatda.
👉 @xushnudbek 👈
