Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Narkokuryerlik bilan şuğullangan 2 nafar talaba uşlandi

Video7-dekabr, 2025, 19:143 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Narkokuryerlik bilan şuğullangan 2 nafar talaba uşlandi: ular universitet yotoqxonasidan taqiqlangan moddalar uçun “ombor” sifatida foydalangan

“Xavfsiz va soğlom yurt” profilaktik tadbiri doirasida Toşkent şahri Yaşnobod tumanida 2 nafar 1-bosqiç talabasining yonidan 120 gr “Alfa PVP” sintetik giyohvandlik moddasi topildi.

Tezkor tadbir davom ettirilib, 2007-yilda tuğilgan talabaning vaqtinça yaşab kelayotgan universiteti yotoqxonasi közdan keçirilganda, 400 gr “Alfa PVP” borligi aniqlandi.

Maʼlum bölişiça, ular sintetik giyohvand moddalarini tanişi taşlab bergan geolokatsiyalardan olib, universitet yotoqxonasida dozalarga qadoqlab, aytilgan manzillarga yuborgan.

Tezkor tadbirlar natijasida bir marotabalik 2 ming 600 ta dozaga teng bölgan jami 520 gr sintetik giyohvand moddalar noqonuniy muomalasining oldi olindi.

Mazkur holat yuzasidan uşbu talabalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismiga köra 10 yildan 20 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazo çorasi qöllanildi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 3 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek