Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Tushuntirish

Nahotki yöllarimizni odambaşara qiliş qudratiga ega emasmiz?

Albom23-fevral, 2023, 17:152 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❓Nahotki yöllarimizni odambaşara qiliş qudratiga ega emasmiz?

"Taşabbusli budjet" jarayoni 2023-yil 1-mavsum doirasida openbudget.uz portali orqali bugungaça 44 mingdan oşiq loyiha kiritilgan.

Agar masalalar kesimiga qaraydigan bölsak, yöllarni taʼmirlaş masalasida eng köp taşabbus qoldirilyapti. Har 4 tadan 1 tasi. Hududlar kesimida esa Qaşqadaryo, Surxondaryo, Xorazm va Andijon aynan yöllarning nosozligi masalasidagi loyihalar soni böyiça yetakçilik qilmoqda.

"Taşabbusli byudjet"ning avvalgi mavsumlarida ham yöllarni taʼmirlaş yönalişi doim birinçi örinda bölgan. Şu sababli keyinçalik xuddi "Taşabbusli byudjet"ga öxşagan kiçikroq masştabdagi "Mening yölim" degan alohida tizim yaratilgandi.

Nega unaqa? Çunki Özbekistonda yölsozlik eng oğriqli va muammoli sohalardan biri.

Öğrilik va korrupsiya katta, natijada yöllar qöldan ötar, egasiga yetar qilib, sifatsiz quriladi. Hukumat vaziyatni yaxşilaş uçun doim nimalardir qilganday böladi, lekin jiddiy ijobiy özgariş sezilayotgani yöq.

Ayniqsa, bugungi kunda anomal qiş va sovuqdan keyin yöllarimiz xuddi uruşdan keyingi holatga öxşab qolgan. Nima boşqa davlatlarda qor yoğmaydimi? Boşqa davlatlarda qiş bölmaydimi?

Har bahorda şu bölar takror deganlaridek, har qişdan keyin yöllarni albatta taʼmirlaş kerak böladi. Nahotki quruvçilar atigi bittagina qişga çidamli yöl qura olmasa?

Kasalni yaşirsang, isitmasi oşkor qiladi, yöl sohasidagi korrupsiyaning alomatlarini ilma-teşik köçalarga qarab, bilib olsa böladi.

Butun aholi har kuni tanasida bevosita his qiladigan bu masalaga panja ortidan qaramaslik kerak, bu yaxşi oqibatlarga olib kelmaydi. Yöllar aholining kayfiyatiga töğridan-töğri taʼsir qiladi. Xalqning çöntagiga iqtisodiy zarari haqidaku gapirmasa ham böladi. Nimadir qiliş kerak, xullas.

Nahotki qudratimiz yöllarimizni odambaşara qilişga yetmaydi? Nahotki?

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek