Mustaqillik bayrami muborak bölsin!
Manba:Muhrim / Муҳрим
Mustaqillik bayrami muborak bölsin!
Laziz “Ular”ning yangi maxsus sonini şu bayramga bağişlabdi. Unda meni ham köp öylantirgan bir savol — Mustaqillik qaçondan boşlanadi, degan savolga javob izlangan. Aslida bu juda köp qatlamli savol, lekin hozir gap sana haqida: mustaqillik Mustaqillik deklaratsiyasi eʼlon qilingan sana (Özbekiston misolida 1990-yil 20-iyun)dan boşlanadimi yoki parlament saylagan prezident “1-sentabrni jumhuriyatimizda Mustaqillik kuni, umumxalq bayrami deb eʼlon qilişni taklif qilaman” degan kun (1991-yil 31-avgust)danmi? Şu savolga javob izlab, Laziz va uning katta ijodiy jamoasi Mustaqillik eʼlon qilingan kunlarda xalq deputatlari bölgan, xususan, Mustaqillik deklaratsiyasining mualliflari hisoblangan Oygul Mamatova va Jahongir Mamatovdan intervyular olibdi.
Darvoqe, heç narsani özgartirmasa-da (balki özgartirar), yana bir savolga muqobil javob bor. Islom Karimov 1-sentabrni jumhuriyatimizda umumxalq bayrami deb eʼlon qilişni taklif qilganida deputatlar qarsak çalganmi yo prezident qarsakni sörab olganmi? Sodiq Safoyev bir intervyusida Karimov qarsakni sörab olmagan, degandek bölgandi. Sobiq xalq deputatlari esa qarsak sörab olingan, debdi. Öşa, Mustaqillik eʼlon qilingan sessiyaning töliq, kesilmagan, tahrirlanmagan videosi kimdadir bölsa, eʼlon qilsa bölarkan.
Mustaqillikni yöqotmaslikning şartlari köp, şulardan biri, menimça, öz tariximizni yaxşi bilişimiz va uni yaxşilab örganişimizdir. Agar biz öz tariximizni özimiz oçiq, xolisona örganmasak, bu işni örnimizga boşqalar qiladi va erta-indin “rad etib bölmas tarixiy daʼvolar” bilan darvozamizni qoqib kelişi ham heç gap emas. Şu kunlarda buning yaqqol misolini yaqin ölkalarda köryapmiz. Şunday balo-qazolardan Özi asrasin, Mustaqilligimiz, çinakam Mustaqilligimiz abadiy bölsin!
