Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Mirzayusuf Rustamboyev 70 yoşni qarşi oldi

Matn15-oktabr, 2023, 15:002 daqiqa0 koʻrish

​Ustoz haqida

2006-yil Yuridik institutga kontrakt asosida qabul qilinganman. 17 yoş edim. Öşa paytda ilk marta talabalarning kontraktini tölab beriş uçun taʼlim granti eʼlon qilingan va men şunga hujjat topşirmoqçi bölganman.

Grant hujjatlari orasida öqişga kirganligi haqida töplagan ballarini körsatgan holda maʼlumotnoma beriş ham bor edi. Şu maʼlumotnomani oliş uçun Yuridik institutga borganman. Lekin bunaqa maʼlumotnoma ilgari berilmagani va kim berişi mumkinligini ham bilişmasligini aytişgan. Institutga 2 kun borganman, lekin kim bunaqa maʼlumotnoma berişini topa olmaganman (öşanda avgust oyi edi, institutda deyarli heç kim bölmagan).

Uçinçi kuni ayamning qistovlari bilan yana borganman. “Mayli, bugun ham bor, agar öxşamasa, grantga topşirmay qöya qolasan” deganlar.

Yana borganman. Kutib turingçi, aniqlab köramiz, deyişgan. Institutning binosi oldida kutib turgan paytim (umidim deyarli sönib bölgandi), bir inson yonimdan ötayotib, menga közi tuşgan va mehribonlik bilan “nima qilib turibsan, bolam” deb söragan. Men maqsadimni aytganman. Öşa inson kimgadir şu zahoti telefon qilgan va menga qarata “heç qayoqqa ketmay tur, hozir maʼlumotnoma olib çiqib berişadi” degan. Haqiqatdan tez fursatda masʼul inson kelib, maʼlumotlarimni olib, tezda söralgan maʼlumotnomani qilib bergan.

Mening közimga haligi inson haqiqiy najotkor bölib köringan, uyga kelib ayamga bölgan voqeani aytib berganman (kimligini esa bilmaganman). Va hujjatlarimni topşirib, öşa yili taʼlim grantida ğolib ham bölganman.

Keyinçalik öquv yilining ilk kunida bilganmanki, menga kutilmaganda yordam qilgan inson Toşkent davlat yuridik instituti rektori Rustambayev Mirzayusuf Hakimoviç ekan.

Ustoz Mirzayusuf Hakimoviç bilan ilk tanişuvimiz şunaqa bölgan. Undan keyin ham ustoz menga köp yaxşiliklar qilganlar. Ulardan köp narsa örganganman, ham taʼlimda, ham ilmda, ham hayotda, ham rahbarlikda. Öqişni tugatganimdan söng meni işga qabul qilganlar, yaʼni birinçi iş beruvçim ham bölganlar.

Mirzayusuf Hakimoviçdan yaxşilik körgan şogirdlari soni juda köp. Yuzlab, balki minglab yuristlar öziga ustoz sifatida biladi, hurmat qiladi.

Bugun Özbekistonda xizmat körsatgan yurist, “II-darajali Şon-şaraf” ordeni sohibi, Jamoat xavfsizligi universiteti boşliği, yuridik fanlari doktori, professor, polkovnik Mirzayusuf Hakimoviç Rustamboyev qutluğ 70 yoşni qarşi oldi. Özbekiston yuridik sohasining rivojiga katta hissa qöşgan ustozimizni çin qalbdan tabriklayman.

Ilohim, umringiz uzoq va barakali bölsin, eng ezgu niyatlaringiz röyobini köring, ustoz.

Hurmat bilan, sizdan köp-köp qarzdor şogirdingiz.

P.S.: eng oxirgi tuşgan suratimiz tibbiy niqob rejimi amal qilib turgan paytda Jamoat xavfsizligi universitetidagi tadbirda olingan ekan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek