Mavzuning davomi: korrupsionerlar orzusi
Mavzuning davomi: korrupsionerlar orzusi
Ha, aytgança, qonunçilikka amal qilmasdan, nodavlat oliy taʼlimga litsenziya beriş töxtatib qöyilganiga oid holatni Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi ham örganib çiqişi kerak.
Çunki hozir "qora bozor"da oliy taʼlim litsenziyasining narxi eng yuqori darajaga kötarilib ketdi. Universitet uçun pul tikib qöygan tadbirkorlar xonavayron bölmasligi uçun har qanday summaga tayyorligini aytişmoqda. Hattoki ayrimlari litsenziya olib bergan odamga biznesidan 30% uluş berişni ham vaʼda qilişmoqda.
Oh, oh, oh, axir bu korrupsionerlar orzusi-ku! Zör-a, şunçaki qonunlarga tupurgan holda litsenziya berişni şartta töxtatib qöyasiz, va qarabsizki, köçada litsenziya narxi dahşatli darajada qimmat bölib ketadi!
Ha, aytgança, özbek har narsaning yölini topadi. Qiziq tomoni, litsenziya beriş töxtatilişi arafasida, yaʼni dekabr, yanvar, fevral oylarida oliy taʼlim uçun doimgidan köp litsenziya berilgan. Endi esa, aytişlariça, litsenziya olgan ayrim öşa firmalar litsenziyasini "qora bozor"da sotişmoqda. Yaʼni kimga litsenziya kerak bölsa, öşa firmani uning nomiga ötkazib berişni vaʼda qilişyapti (taʼsisçini almaştiriş usuli orqali).
Qalay? Zör-a?
Xöp, mayli, yaxşi gumonda bölamiz va bu holatda Hukumatdan heç kim pul işlamoqçi emas, birorta korrupsioner yöq deb tasavvur qilamiz. Lekin mana şunday yaratilgan sunʼiy şaroitdan köçadagi firibgarlar foydalanib qolişi ham mumkin-ku. Qiyin ahvolda qolgan tadbirkorlarga litsenziya olib berişni vaʼda qilib, katta summadagi pulni olib, aldab ketsa-çi? Kim aybdor böladi? Yana biz tadbirkorlarning özini soddalikda ayblaymizmi?
Litsenziya berişni bir neça oydan buyon töxtatib qöyib, korrupsiogen holat yaratgan masʼul amaldorlar aybsiz-u, lekin köçadagi firibgarga noilojlikdan işonib qolgan tadbirkorlar aybdormi?
Şu joyida “Suyunçi” filmidagi epizod esimga tuşib ketdi: talabga javob beradigan yangi qarorni tezroq çiqara qolinglar unda.
👉 @xushnudbek 👈


