«Mahalla» fondidan mingdan ming roziman
«Mahalla» fondidan mingdan ming roziman. Minglab insonlarning kayfiyatini kötarişdi, baraka topişsin, ilohim.
Fondning ayrim xodimlari xayriya mablağlarini va kam taʼminlanganlarga tarqatilayotgan budjet pullarini talon-toroj qilişayotgani ham odamni esidan çiqib ketdiyey 😂
Biz sizlardan rozimiz, siz ham bizdan rozi böling.
P.S.: lekin kanalim köpçilikka yoqarkan, birorta salbiy javob berilmayapti, qoyil, kutmagandim ))
UPD: dastlab sörovnoma, keyinçalik Fond kanalining özi öçirib taşlandi. Essiz, şunday yaxşi kanaldan ayrilib qoldik, azizlar. Rozi-rizoçilik bejizga söralmagan ekan, demak. Ölimidan oldin odatda şunaqa qilinardiyu, hammasi mantiqan töğri. Fond masʼullari xakerlar hujumi haqida bayonot berişsa kerak-a endi?
👉 @xushnudbek 👈


