Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Magistraturaga qişki qabul 20-dekabrdan boşlanadi

Matn2-dekabr, 2022, 16:151 daqiqa0 koʻrish

Manba:Xushnudbek.uz

❗️Magistraturaga qişki qabul 20-dekabrdan boşlanadi. Xorijiy til sertifikati albatta bölişi kerak, faqat minimal daraja hozirça talab etilmaydi

2022/2023 öquv yili uçun davlat OTMlari magistraturasiga qişki qabul 2022-yil 20-dekabrdan 2023-yil 10-yanvarga qadar (şu kuni ham) magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn bölib ötadi.

Tanlov natijalari bakalavriat diplomning örtaça ballari asosida aniqlanadi. Yaʼni bu safar ham kiriş imtihonlari bölmaydi.

✅ Xorijiy sertifikat böyiça istisno qilinadi

Tanlovda istisno tariqasida xorijiy tilni biliş darajasidan qatʼi nazar (C1 yoki B2 sertifikatidan taşqari boşqa darajadagi) sertifikatga ega talabgorlar ham iştirok etişiga ruxsat etildi.

Muhim jihati öqişga qabul qilingan talabalar öqişi davomida talab etilgan sertifikatni qölga kiritişi lozim. Aks holda yakuniy davlat attestatsiyasiga ruxsat etilmaydi.

❓ Bu nima degani?

Demak, qişki qabulda ham til biliş darajasini belgilovçi sertifikat söraladi. Sertifkatsiz qabul bölmaydi.

Ammo minimal talab bölmasa ham istisno qilinadi. Amaldagi tartibga köra, abituriyent filologiya yönalişlari böyiça kamida C1, nofilologik yönalişlari böyiça esa B2 darajadagi milliy yoki unga mos xalqaro sertifikatga ega böliş kerak. Endilikda, masalan, B1 darajali sertifikat bilan ham magistraturaga kirsa böladi.

Asosiy şarti, toki öqişni tugatgunça, talab etilgandek C1 yoki B2 sertifikat olişga majbur. Yöqsa yakuniy attestatsiyaga kiritilmaydi. Boşqaça aytganda, toki kerakli sertifikatni olmagunça magistr diplomi berilmaydi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek