Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Diplomatiya

Lixtenşteyn Özbekiston bilan diplomatik munosabatlar örnatgan 146-davlat böldi

Foto6-mart, 2024, 15:481 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

🇱🇮Lixtenşteyn 🇺🇿Özbekiston bilan diplomatik munosabatlar örnatgan 146-davlat böldi

Bu haqdagi qöşma kommyunike 5-mart kuni Nyu-Yorkda imzolandi.

❗️BU QIZIQ: Özbekiston va Lixtenşteyn boşqa bir alamli jihat böyiça azaldan özaro boğliq edi. Butun yer yuzida faqat mana şu ikki davlatda nafaqat dengiz yöq, balki ularning qöşnilarida ham dengiz mavjud emas. Şu sababli Özbekiston va Lixtenşteyn dunyo okeanidan ikki karra uzilib qolgan davlatlar hisoblanadi.

Bu esa öz navbatida savdo-iqtisodiy, transport logistikasi, ekologiya va boşqa masalalarda ayrim muammolar tuğdiradi.

Ammo Lixtenşteyn öta mitti — karlik davlat. Uning aholisi atiga 38 ming kişi ("Bunyodkor" stadioni siğimidan sal köproq), hududi esa 160 km² (Toşkent şahar hududidan 3 marta kiçik).

Şu sababli salkam 37 mln aholisi bor Özbekiston ikki karra dunyo okeanidan uzilib qolişdan köproq aziyat çekadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek