Litsenziya berişda nima böldi?
❓Litsenziya berişda nima böldi?
Dastlab ijtimoiy tarmoqlarda beşta oliygoh baʼzi yönalişlar böyiça litsenziya qölga kiritgani haqida maʼlumotlar tarqaldi.
Şundan keyin Oliy taʼlim vazirligi bunga raddiya berdi. Ularning maʼlum qilişiça, 2025-yil 29-avgust kuni 06:19 dan 09:53 gaça https://license.gov.uz axborot tizimida yuzaga kelgan texnik nosozlik tufayli ayrim nodavlat oliy taʼlim taşkilotlarining amaldagi litsenziyalariga özgartiş kiritiş böyiça körib çiqiş muddati tugamagan arizalariga tizim talablari buzilgan holda «ijobiy xulosa» berilgan şaklida litsenziyaga qöşimçalar kiritiş şakllangan. Vazirlik bu holat texnik xatolik ekanini qayd etib, sabablari tegişli idoralar bilan hamkorlikda örganilayotganini, yakuniy xulosalar yuzasidan qöşimça axborot jamoatçilikka taqdim etilişini bildirdi.
Şundan söng, elektron tizimning egasi bölgan Adliya vazirligi «Litsenziya» axborot tizimi (license.gov.uz)da heç qanday texnik nosozlik yoki ruxsat etilmagan harakatlar kuzatilmagani, tizim hozirgi paytda ham töliq ştat tartibida işlab turganini maʼlum qildi. Boşqaça aytganda, öz tizimini himoya qildi, bizda hammasi yaxşi, aybni bizga tönkamanglar, dedi.
Masalaga oydinlik kiritiş maqsadida litsenziya beradigan masʼullar bilan gaplaşdim. Litsenziya olganlar bilan ham.
Vaziyat rostdan qiziq va sirli. Vazirlik aytganidek, bu bilan tegişli taşkilotlar şuğullanişni boşlagan, ularning tekşiruvidan söng, xulosalar maʼlum böladi, hozirça biron narsa deyişga erta.
Men boşida muddati tugagan arizalarga avtomatik ariza şakllantirilgan deb öylagandim. Lekin beşala oliygohning ham arizalari muddati hali tugamagan ekan. Demak, kimdir qasddan tasdiqlaş tugmasini bosgani aniq. Ammo bu safar litsenziya beruvçi asosiy va yagona masʼul öşa tugmani bosmagan, bunisi ham aniq. Uning örniga boşqa bir masʼul nomidan litsenziyalar berilgan, lekin menga aytişlariça, u ham öşa tugmani bosmagan va özi umuman unda huquq ham bölmagan.
Litsenziya olgan oliygohlar ham litsenziya uçun tölovni qilmagan, kimdir ular uçun tölovni amalga oşirgan.
Xullas, bu mavzuga hali yana qaytamiz. Tekşiruv xulosalaridan keyin faqat. Ungaça aytadigan gaplarimiz şubha-gumon bölib qolişi mumkin, kim rost gapirdi-yu, kim aldadi, bunisi sal keyinroq maʼlum böladi.
👉 @xushnudbek 👈
- 4 Telegram Stars


