Sport

LEGÖdan katta sensatsiya: Ronaldu, Messi, Mbappe va Vinisius bitta reklama roligida suratga tuşdi

Albom2-aprel, 2026, 18:513 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

⚽️ LEGOʼdan katta sensatsiya: Ronaldu, Messi, Mbappe va Vinisius bitta reklama roligida suratga tuşdi

Köpçilik bu videoni navbatdagi sunʼiy intellekt (AI) mahsuli deb öylaşi tabiiy. Lekin reklama roligini futbolçilar ham özining rasmiy Instagram sahifalarida ulaşdi.

LEGO kompaniyasi JÇ-2026 oldidan katta loyiha boşladi. Unga köra, maşhur futbolçilarning milliy terma jamoa libosida işlangan maxsus konstruktorlar töplami sotuvga çiqadi.

Uşbu loyiha haqida xabar beruvçi reklama roligida tört nafar futbol yulduzi bir stol atrofida yiğilib, LEGOʼdan Jahon çempionati kubogini yiğadi va eng tepasiga hammasi öz haykalçasini qöyişga urinadi. Yaʼni men çempion bölaman, demoqçi. Ammo har safar ular bir-biriga xalaqit beradi. Yakunda esa kiçkina bola kelib neytral haykalçani örnatadi.

"LEGO Editions" kolleksiyasi 1-maydan sotuvga çiqişi kutilmoqda.

Qiziq maʼlumot: Instagramda Lego kompaniyasi bilan birga Ronaldu, Mbappe, Vinisius hamda FIFAning JÇ uçun rasmiy sahifasi kollaboratsiya qilgan. Ammo negadir Messi uşbu kollaboratsiyaga qöşilmagan va u videoni bir özi alohida eʼlon qilgan. Lekin Messining videosi hozirça beşala profilda çiqqan videodan köproq tomoşa qilingan va köproq layk yiqqan.

👉@xushnudbek👈

  • 28 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek