Kontraktni 4 qismga bölib tölaş imkoni bormi?
❓Kontraktni 4 qismga bölib tölaş imkoni bormi? Bizdan kamida 50% tölov qilişni talab qilişmoqda.
#abituriyent
✅ JAVOB: Ha, 4 ga bölib tölaş mumkin.
Prezidentning 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoniga hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-avgustdagi 527-son qaroriga binoan respublika OTM talabalariga öqiş uçun yillik tölovning töliq miqdorini teng uluşlarda tört qismga böliş yöli bilan ötkazişga ruxsat berilgan.
Bunda muddatlar quyidagiça:
25% qismini — 1-kursga tavsiya etilganlar 15-sentyabrgaça, ikkinçi va undan keyingi bosqiç talabalari uçun 1-oktyabrgaça;
50% qismini — 1-yanvargaça;
75% qismini — 1-aprelgaça;
100% qismini — 1-iyulgaça.
Bundan xulosa qiliş mumkinki, 1-kurslardan dastlab 50% tölov talab qiliş amaldagi tartibga zid. 1-kursga tavsiya etilganlar kamida 25% tölovni 15-sentyabrga qadar amalga oşirişlari lozim, şunda ularni talabalikka qabul qiliş haqida buyruq çiqadi.
kontrakt.edu.uz sayti orqali yuborgan arizangiz tasdiqlansa, 4 ga bölib tölaş imkoni va muddatlari haqida maʼlumot çiqadi. Mana şu yerdan ham körib olsangiz böladi.
‼️ESLATMA: bölib tölaş imkoniyati super-kontrakt uçun ham amal qiladi. Lekin super-kontraktda öqimoqçi bölganlar dastlab 50% tölovni amalga oşirişlari kerak. Şundan keyingina ularni talabalikka qabul qiliş töğrisida buyruq çiqadi. 25% qoidasi faqat oddiy kontraktga taalluqli.
👉 @xushnudbek 👈


