Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Konstitutsiya kuni munosabati bilan 500 nafarga yaqin şaxs afv etildi

Matn6-dekabr, 2024, 20:251 daqiqa0 koʻrish

Konstitutsiya kuni munosabati bilan 500 nafarga yaqin şaxs afv etildi

Konstitutsiya qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan prezident farmoni bilan qilmişiga çin köngildan puşaymon bölgan va tuzaliş yöliga qatʼiy ötgan jazo muddatini ötayotgan 483 nafar şaxs afv etildi.

Afv etilgan şaxslarning 107 nafari jazodan töliq ozod qilinadi, 275 nafari jazoni ötaşdan muddatidan ilgari şartli ozod qilinadi, 7 nafariga tayinlangan jazo yengilroq jazo bilan almaştiriladi. Şuningdek, 94 nafar şaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etiş jazosining muddatlari qisqartiriladi.

Afv etilganlarning 25 nafarini çet el fuqarolari, 32 nafarini ayol, 5 nafarini 60 yoşdan oşgan erkaklar, 274 nafarini yoşlar (şulardan, 104 nafari voyaga yetmaganlar) hamda 6 nafarini taqiqlangan taşkilotlar faoliyatida qatnaşgan şaxslar taşkil etadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek