Köksaroyda Farrux Zokirovning 80 yillik tavallud ayyomi munosabati bilan tantanali tadbir bölib ötdi
Bugun Köksaroy qarorgohida Şavkat Mirziyoyev iştirokida Özbekiston xalq artisti Farrux Zokirovning 80 yillik tavallud ayyomi munosabati bilan tantanali tadbir bölib ötdi.
Tadbirda Farrux Zokirov bilan birgalikda, “Yalla” ansambli aʼzolari Javlon Töxtayev, Abbos Aliyev, Temur Xalikov va Igor Xalikovning ham köp yillik samarali faoliyati eʼtirof etildi.
Yaşnobod tumanidagi 7-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabiga Farrux Zokirov nomi berilişi eʼlon qilindi.
Uşbu maktabda “Yalla” nomidagi bolalar ansambli, yoşlar ijodiy laboratoriyasi, zamonaviy ovoz va video yoziş studiyasi taşkil etiladi. “Ustoz-şogird” anʼanalari asosida estrada yönalişi böyiça ijroçilik mahorati sinflari yölga qöyiladi, ustoz ijodkorlarning oyligiga qöşimça ustama tölanadi.
Tantanali marosimda Prezidentimiz milliy sanʼatimiz va madaniyatimizni rivojlantiriş yölidagi köp yillik beqiyos xizmatlari uçun Farrux Zokirovga “Buyuk xizmatlari uçun” ordenini topşirdi.
👉 @xushnudbek 👈
- 1 Telegram Stars



