Rasman

Kitobxonlik madaniyatini rivojlantiriş jamğarmasi taşkil etildi

Matn16-yanvar, 2026, 11:151 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

📚 Kitobxonlik madaniyatini rivojlantiriş jamğarmasi taşkil etildi

Bu böyiça Prezident qarori qabul qilindi.

Unga köra, jamğarma Yoşlar işlari agentligi huzurida taşkil etildi. Uning vasiylik kengaşi tarkibi tasdiqlandi.

💰 Jamğarma mablağlari quyidagi tadbirlarni moliyalaştiriş uçun yönaltirilişi belgilandi:

🔹 tanlov orqali yoş yozuvçilar uçun grantlar ajratiş va asarlarini naşr etiş;

🔹 bolalar adabiyoti yönalişidagi loyihalarni qöllab-quvvatlaş;

🔹 tanlov orqali isteʼdodli mualliflarni aniqlaş va ularga ijod qiliş uçun şaroit yaratiş maqsadida 1 yilgaça BHMning 50 baravari (20 mln 600 ming söm) miqdorida har oy haq tölaş;

🔹 eng sara xorijiy adabiyotlarni özbek tiliga va milliy adabiyotlarni xorijiy tillarga tarjima qilişda naşrga tayyorlaş va çop etiş xarajatlarining 50 foizi hamda mualliflik huquqi uçun xarajatlarning 80 foizini qoplaş;

🔹 vasiylik kengaşi aʼzolariga har çorakda BHMning 50 baravarigaça miqdorda mukofot tölaş.

👉 @xushnudbek 👈

  • 2 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek