Xabarlarga köra, Timur Kapadze Olimpiadaga Şomurodov, Örunov va Aliqulovni olib ketişni reja qilmoqda
Xabarlarga köra, Timur Kapadze Parij olimpiadasiga yoşi katta futbolçilardan Eldor Şomurodov, Oston Örunov hamda Husniddin Aliqulovni olib ketişni reja qilayotgan ekan. Hozirda futbolçilarning klublari bilan muzokaralar ketmoqda, yaqin kunlarda rasmiy xabar eʼlon qilinadi.
Eslatib ötamiz, qoidalarga köra, Olimpiya öyinlarida 23 yoşgaça bölgan futbolçilar qatnaşadi, faqat istisno tarzda 3 nafar yoşi kattalarga ham ruxsat etiladi.
Terma jamoalar 18+4 nafar futbolçi olib ketişi mumkin, bunda 18 nafar futbolçi asosiy tarkib hisoblanadi. Mabodo turnir davomida şu 18 futbolçi orasida kimdir jarohat olsa yoki soğliğida muammo bölsa, 4 nafar zaxira öyinçilaridan foydalaniş mumkin böladi.
👉 @xushnudbek 👈


