Kamondan öq uziş
🏹 Kamondan öq uziş
Tarixda ilk bor özbekistonlik sportçi Olimpiada bahslarida kamondan öq uziş musobaqasida iştirok etdi. Ziyodaxon Abdusattorova ayollar örtasidagi yakkalik bahslarining dastlabki saralaş bosqiçida 649 oçko bilan öz şaxsiy rekordini yangiladi va umumiy röyxatda 34-örinni egalladi.
Endi yurtdoşimiz 31-iyul kuni 1/32 final bosqiçidan medallar uçun kuraşni boşlaydi. Unga mazkur davrada 🇨🇿çexiyalik Marie Xoraçkova raqiblik qiladi.
Erkaklar örtasidagi yakkalik bahslarida esa yana bir vakilimiz Amirxon Sodiqov bugun Toşkent vaqti bilan soat 17:15 da bahslarga kirişadi. Şu bilan, Özbekiston delegatsiyasining bugungi dasturlardan örin olgan çiqişlari yakunlanadi.
Ertaga, 26-iyul kuni olimpiya öyinlarining oçiliş marosimi bölib ötadi.
👉 @xushnudbek 👈

