Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Janubiy Koreyaning hokimiyatdan çetlatilgan prezidenti Yun Sok Yol isyonçilikda ayblanib hibsga olindi

Foto15-yanvar, 2025, 10:001 daqiqa0 koʻrish
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzJanubiy Koreya parlamenti Yun Sok Yolga qarşi impiçment uçun ovoz berdi. Prezident vakolatlari töxtatilib, vazifalar Xan Dok Su zimmasiga ötdi.

15-yanvar kuni Janubiy Koreyaning hokimiyatdan çetlatilgan prezidenti Yun Sok Yol isyonçilikda ayblanib hibsga olindi, deya xabar bermoqda Yonhap.

Janubiy Koreya tarixida amaldagi, lekin hokimiyatdan çetlatilgan prezident heç qaçon hibsga olinmagandi, bu ilk holat.

Endi uni jinoyat işi doirasida söroq qilişadi va söroqdan söng hibsxonaga joylaştiriş kutilmoqda.

Maʼlumot uçun, tergovçilar ikkinçi urinişda Yun Sok Yolni qölga olişga muvaffaq böldi. Birinçi urinişda Prezident xavfsizlik xizmati hamda Yun Sok tarafdorlari hibsga olişga kelgan tergovçilarga jiddiy qarşilik körsatgan edi. Bu safar taxminan 3 ming nafar politsiya xodimi hibsga olişga jalb etilgan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek