Janubiy Koreyaga işga yuboriş uçun 17 kişidan 159,5 ming dollar olganlar foş qilindi

Matn29-iyun, 2026, 17:301 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

🇰🇷Janubiy Koreyaga işga yuboriş uçun 17 kişidan 159,5 ming dollar olganlar foş qilindi

Boş prokuratura huzuridagi Departament xabariga köra, Xorazm viloyati Hazorasp tumanida tergovga qadar ötkazilgan tekşiruvlarda fuqaro D.M. va boşqalar özaro til biriktirib, 2 kişini Migratsiya agentligida işlovçi tanişlari orqali Janubiy Koreyaga işga yuborişini aytib, ularning 15,5 ming dollarini firibgarlik yöli bilan qölga kiritgani aniqlangan. Uşbu pullarning 1,5 ming dollari qaytarilgan.

Şuningdek, tekşiruvda D.M. va boşqalar yana 17 kişini Koreyaga ketiş uçun ötkaziladigan imtihonlarini ijobiy hal qilib beriş evaziga 159,5 ming dollar olgani maʼlum bölgan.

Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

👉 @xushnudbek 👈

  • 1 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek