Sport

Jahon çempionatlarida debyutantlarga oson bölmasligi haqida

Foto18-iyun, 2026, 19:292 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Jahon çempionatlarida debyutantlarga oson bölmasligi haqida

Bu yilgi mundialda ilk bor iştirok etayotgan 4 ta jamoadan faqat 🇨🇻Kabo Verde oçko olişga erişdi (Ispaniya bilan 0:0 hisobida durang öynadi).

🇨🇼Kyurasao 1:7 hisobida 🇩🇪Germaniyaga, 🇯🇴Iordaniya esa 1:3 hisobida 🇦🇹Avstriyaga yengildi. Bizning hisobimizni bilasiz.

Agar tarixga nazar taşlasak, debyutant jamoalarga doim qiyin bölgani körinadi. Asr boşidan buyon 18 ta terma jamoa Jahon çempionatida debyut qilgan. Şundan 14 tasi guruh bosqiçida qolgan, faqat 4 tasi guruhdan çiqa olgan:

🇸🇳 Senegal (2002-yil, 5 oçko);
🇺🇦 Ukraina (2006-yil, 6 oçko);
🇬🇭 Gana (2006-yil, 6 oçko);
🇸🇰 Slovakiya (2010-yil, 4 oçko).

Ortda qolgan 6 ta Jahon çempionatida 15 ta jamoa debyut öyinida mağlub bölgan.

Şuningdek, 1954-yildan buyon Jahon çempionatida iştirok etgan 12 ta Osiyo jamoasidan faqat ikkitasi (🇰🇵Şimoliy Koreya va 🇸🇦Saudiya Arabistoni) debyut turnirda kamida bitta öyinda ğalaba qozonişga erişgan, xolos.

Masalan, 🇯🇵Yaponiya ilk marta 1998-yilda debyut qilgan va uçala bahsda ham mağlub bölgan. Yaqin ötmişda 🇨🇳Xitoy (2002) va 🇶🇦Qatar (2022) ham debyut mundialida uçala öyinda yutqazgan.

#UzbekistanGo

👉 @xushnudbek 👈

  • 2 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek