Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Oçilboy Ramatov boşçiligida Izboskandagi baxtsiz hodisa böyiça Hukumat komissiyasi tuzildi

Matn31-mart, 2025, 20:451 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzIzboskan tumanidagi Ahmadali Hoji jome' masjidida havo-gaz aralaşmasi çaqnaşi oqibatida 3 kişi vafot etdi, 10 kişi jarohatlandi.

Vazirlar Mahkamasining farmoyişi bilan Boş vazir örinbosari Oçilboy Ramatov boşçiligida Hukumat komissiyasi tuzildi.

Komissiya zimmasiga Andijon viloyati, Izboskan tumanidagi masjid hududida röy bergan baxtsiz hodisa oqibatida halok bölgan fuqarolarning oila aʼzolariga har tomonlama kömaklaşiş hamda jabrlangan fuqarolarga tez tibbiy yordam körsatiş, uşbu baxtsiz hodisaning kelib çiqiş sabablarini örganiş, şuningdek, bu kabi favqulodda vaziyatlarning oldini oliş vazifalari yuklangan.

👉 @xushnudbek 👈

  • 9 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek