Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Internetda «Omad şou»dan yutuq yutdingiz, desa işonib ötirmanglar

Albom18-yanvar, 2023, 12:392 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

‼️Internetda “Omad şou”dan yutuq yutdingiz, desa işonib ötirmanglar.

❓Kiberjinoyatlarga qarşi kuraşişni qaçon boşlaymiz?

Million marta aytilgan bölsa ham, million birinçi marta yana takrorlaymiz. #firibgar

❗️Internetda heç qaçon sizga osmondan yutuq çiqmaydi, sizga heç kim tekin pul beraman közi uçib turgani ham yöq. Afsuski tekin narsaga öç insonlar haligaça har kuni firibgarlarga aldanişmoqda.

Boşqa tomondan, bizda kiberxavfsizlik bilan jiddiy şuğullanişmaydi. Huquqni muhofaza qiluvçi organlar yoki bunga hafsala qilmaydi, yoki ular safida kiberjinoyatlarni foş etişga aqli yetadigan kuçli mutaxassislar kam.

Bizda ustasi farang xakerlar deyarli yöq, hamma firibgarlar öta sodda va jaydari uslubda işlaydi. Ularni foş qiliş pista pöçoqday gap. Lekin negadir şuni ham qilişmaydi.

Masalan, yuqoridagi firibgarlik sxemasida “siz sovrin yutdingiz, dostavka uçun pul taşlang” deydi. Va Şakhida Ibadullayevna nomidagi Ipoteka bankdan oçilgan 8600 3329 6863 9785 raqamli plastik kartani berişadi. Böldi, tamom. Hammasi oddiy. Bu jinoyatni foş qiliş uçun NATO maxsus operatsiya ötkazişi şartmas-ku.

Nahotki bizda kiberjinoyatlarga qarşi kuraşuvçi tuzilmalarning şunga aqli yetmaydi? Nega ular internetdagi şunaqa keng tarqalgan firibgarlik sxemalarini monitoring qilib, tezda aniqlab, çora körişmaydi? Adaşmasam, Içki işlar vazirligida şunaqa alohida boşqarma (yoki bölim) oçilgandi. Ular nima bilan band özi?

Odamlarni soddalikda ayblaş, firibgarlar qurboni bölgani uçun daşnom beriş oson. Lekin bu bilan iş bitmaydi. Davlat aralaşuvi va nazorati juda kerak.

Iqtisodçi Behzod Hoşimov bir aytgandi, AQŞda yuz ming dollar naqd pulingizni öğirlab ketişsa, politsiya deyarli pinagini buzmaydi, lekin kiberjinoyatçilar plastik kartangizdan 1 sent pulni öğirlasa, naq favqulodda holat eʼlon qilişadi, jinoyatçilarni topişga, sxemani foş etişga juda katta kuç sarflaşadi.

Bizda na unisi, na bunisi bor, deb qörqaman…

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek