Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Ramazon

Iftorlik vaqti: 18:46 (Toşkent vaqti)

Matn29-mart, 2023, 18:001 daqiqa0 koʻrish

29-mart, çorşanba.
Iftorlik vaqti: 18:46 (Toşkent vaqti)

#hadis #ramazon

Miqdom ibn Maʼdiykaribdan rivoyat qilinadi:

“Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Biringiz birodarini yaxşi körsa, unga yaxşi körişini bildirib qöysin”, dedilar».

📖 Şarh: Musulmon kişi birodariga munosabatini “Birodar, men sizni yaxşi köraman”, deb bildirib qöyişi kerak ekan.

Bu iş öşa ikkinçi odamni ham eʼtiborsiz qoldirmay, ular örtasida özaro munosabatlarning yaxşilanişiga sabab böladi. Natijada butun jamiyat aʼzolari örtasida özaro mehr-muhabbat aloqalari mustahkamlanib, keng tarqaladi.

Indamay yursa, muomala ham şunga yaraşa böladi, hatto asta-sekin muhabbat qöygan odamning ham birodaridan köngli sovib qolişi mumkin ekan. Ammo könglidagi mehrini izhor qilsa, bu munosabatlar ikki tomonlama mustahkamlanib, aloqalari rivojlanib ketadi.

Imom Termiziy keltirgan rivoyatda:

“Bir kişi boşqa kişini öziga birodar deb bilsa, uning ismini, otasining ismini va qaysi qavmdan ekanini sörasin. Bu muhabbat paydo qiladi”, deyilgan.

"Odoblar xazinasi" kitobidan

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek