«Ibrat Farzandlari» loyihasi 13 ta til böyiça bepul videodarslar berib bormoqda
Xorijiy tillarni onlayn tarzda, bepul örgatuvçi “Ibrat Farzandlari” loyihasi 13 ta til böyiça videodarslar berib bormoqda.
Yaqinda darslarni körişlar soni deyarli 10 millionga yetgan. Xorijliklar uçun esa özbek tili örgatilmoqda.
Loyiha ustozlari öz “şogirdlarini” köriş uçun butun Özbekiston böylab Xorijiy tillar marafoniga start berişibdi. Yuqoridagi suratlarda Xorazmda ötgan ana şunday marafondan lavhalar aks etgan. Dastlab, umumiy uçraşuv, undan keyin har bir til böyiça alohida auditoriyalarda ustozlar bilan high-leveldagi master klasslar ötkazilgan.
Keyingi manzil — Farğona ekan. Til örganayotgan yoki şunday rejasi bor yoşlar uçun mazkur marafon muhim imkoniyat!
Vodiydagi marafon ertaga, 20-iyun kuni soat 10:00da Farğona politexnika institutida start oladi.
Loyiha kanali: @ibratfarzandlari



