Hamkasblarini kaltaklagan öqituvçi hibsga olindi
Hamkasblarini kaltaklagan öqituvçi hibsga olindi
Ijtimoiy tarmoqlarda maktab öqituvçilari kaltaklangani aytilayotgan videolar tarqaldi.
Boş prokuraturaning maʼlum qilişiça, 2023-yil 14-aprel kuni soat 12:00 larda Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi 31-sonli maktabning direktor xonasida ötkazilayotgan yiğilişda 34 yoşli erkak (öqituvçi) ikki nafar ayol öqituvçilar bilan janjallaşib, ularga tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan bugun Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Gumonlanuvçi şaxs protsessual tartibda uşlangan.
"Tergov harakatlari davom etmoqda", deyiladi bayonotda.
ℹ️ Maʼlumot uçun:
Bezorilik, yaʼni jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini qasddan mensimaslik, uriş-döpposlaş, badanga yengil şikast yetkaziş yoki özganing mulkiga şikast yetkaziş yoxud nobud qiliş ança zarar yetkaziş bilan boğliq holda sodir etilsa, —
bazaviy hisoblaş miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigaça (15 mln sömdan 30 mln sömgaça) miqdorda jarima yoki 300 soatgaça majburiy jamoat işlari yoxud 3 yilgaça axloq tuzatiş işlari bilan jazolanadi.
👉 @xushnudbek 👈


