Grin-karta javoblari çiqdi

Albom7-iyun, 2020, 09:042 daqiqa0 koʻrish

Grin-karta javoblari çiqdi

Milliondan ortiq özbeklar öz baxtini sinab köradigan, xalq orasida «Green Card» nomi bilan tanilgan AQŞning Turli millat vakillariga viza dasturining 2021-yil uçun javoblari çiqdi.

Javoblarni maxsus kodni kiritiş orqali http://www.dvlottery.state.gov saytidan tekşirib köriş mumkin.

Maʼlumot uçun, 2018-yilda Özbekistondan 4 ming 494 kişi uşbu lotereyada ğolib bölgan va Grin-karta çiqqanlar soni böyiça dunyodagi kuçli 5 ta davlatdan biri bölgandi, Rossiya, Eron, Kongo, Efiopiya bilan birga (ötgan yilgi maʼlumotlarni topolmadim).

Qaysi davlatdan neça kişi uşbu lotereyada iştirok etgani haqidagi maʼlumot oxirgi marta 2015-yilda eʼlon qilingandi. Öşa yilgi maʼlumot böyiça Özbekistondan 1 mln 387 ming 420 nafar kişi yurtini taşlab, AQŞga işlaş uçun ketiş istagini bildirgan ekan.

🇺🇿 Aytgança, kanalimda 2018, 2019 va 2020-yillarda ötkazilgan sörovnomalardan biliş mumkinki, kanalda haqiqiy vatanparvarlar yiğilgan :)) 70-80% muştariylarimiz Grin-kard öynamayapti.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek