Uruş tarğibotçisi va moliyaçisi bölgan Grigoriy Lepsning Toşkentdagi konserti qoldirildi
Uruş tarğibotçisi va moliyaçisi bölgan Grigoriy Lepsning Toşkentdagi konserti qoldirildi
Joriy yilning 23-oktabr kuni rossiyalik xonanda Grigoriy Lepsning "Xalqlar döstligi" saroyida konsert dasturi belgilangan edi.
Madaniyat va turizm vazirligining maʼlum qilişiça, ayrim texnik sabablarga köra, konsert dasturi qoldirilgan. Muxlislar sotib olingan çiptalar pulini tegişli tartibda qaytarib olişlari mumkin.
Grigoriy Lepsning Qozoğiston va Qirğizistondagi konserti ham bekor qilingan.
Taʼkidlaş joiz, uşbu konsert xuddi “Jara” festivali kabi jamoatçilik eʼtirozlariga sabab bölgan edi. Sababi Grigoriy Leps Ukraina bilan uruşni töliq qöllab-quvatlaydi va hattoki uni moliyalaştiradi ham. Şu sababli bu kabi sanʼatkorlarni Özbekistonda konsert berişidan faollar norozi bölişmoqda va ularni boykot qilişga çaqirmoqda.
Jumladan, bloger Nurbek Alimov bu haqda şunday yozadi:
“Sönggi paytlarda juda köplab Rossiyalik artistlar özbekistonga taşrif buyurişyapti. Ularni boşqa köplab davlatlar boykot qilayotganligi sababli Özbekiston birrov kelib soqqa qilib ketiş maydoniga aylangan.
Men uşbu uruşni qoralagan va hattoki neytral bölgan artistlarning ham bizga kelişiga absolyutno qarşimasman. Şaxsan özim Rossiyaning Splin va Bi-2 rok guruhlarining konsertlariga pul sarflab bordim.
Ammo, uruşni ilohiylaştirayotgan, tarğib qilayotgan, uruşga motivatsiya berayotgan artistlar bizning betaraf harbiy doktrinaga ega bölgan davlatimizga kelib, tinçliksevar xalqimizning pulini olib ketişiga va bu pullardan uruşni moliyalaştirişiga şu davlat fuqarosi sifatida qarşiman. Uşbu masaladagi mening fuqarolik pozitsiyam şunday”, — deb yozgan bloger.
P/S: mening ham pozitsiyam xuddi şunday bölgani uçun, sizlar bilan ulaşib qöydim.
👉 @xushnudbek 👈

